“Mehribonlik uylari” bolalari uchun OTMlarda 1% kvota ajratiladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ota-onasiz qolgan bolalar uchun Oliy ta’lim maskanlarida davlat granti asosida o‘qish o‘rinlari ajratiladi. Bunday o‘quvchilar soni OTM umumiy talabalar sonidan 1 %gacha bo‘lishi mumkin, deyilgan prezident tomonidan imzolangan yangi qarorda.

"2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilsin", - deyilgan qaror matnida. 

Ushbu choralar BMTning Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsasi va qonunlari normalariga asosan, jismoniy, intellektual, axloqiy va ma’naviy yetuk avlodni voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirildi, - deyilgan hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda oliy ta’lim maskanlariga qabul jarayonida bir necha jiddiy o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Xususan, abituriyentlar uchun uchtagacha OTM tanlash imkoniyati, undan tashqari hujjatlarni elektron ko‘rinishda topshirish hamda boshqa yangi qulayliklar yaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0