GM Uzbekistan Qirg‘izistonga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirg‘izistonga eksport qila boshladi. Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmati xabar qildi.

Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
Captiva o‘rnida qanday yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Bugungi kungacha kompaniya avtomobillarni Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga eksport qilmoqda. Shuningdek, Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.

2019 yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilingan, bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

OAV: Ravon avtomobillari Rossiyada yig‘ila boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2019-yil davomida ikkita yangi yo‘ltanlamas avtomobillari - Chevrolet Equinox va Chevrolet Trailblazer ishlab chiqarila boshlanashi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0