Chet elga turmushga chiqqan kelinlar ro‘yxati tuziladi

© Dmitriy MatveyevUzbekskaya nevesta
Uzbekskaya nevesta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijga turmushga chiqqan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida, ulaning ro‘yxati tuziladi va yashash sharoiti o‘rganiladi.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi xorijga turmushga chiqqan kelinlar ro‘yxati tuzadi, deb xabar qilmoqda “Daryo”.

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik yigitga turmushga chiqib, tahqirlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi – video

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu amaliyot avvalombor chet elga turmushga chiqqan o‘zbekiston fuqarolarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ayolarning yashash sharoitini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.  

Ayni damda Namangan viloyatidan chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilgan. Kelgusida butun respublika bo‘ylab chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxatini tuzish, , ular bilan bog‘lanish va turmush sharoitini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Janubiy Koreya va Xitoyga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik qizlar, biroz vaqt o‘tib og‘ir turmush sharoitidan arz qilib, O‘zbekistonga qaytishga yordam berishlarini so‘ragan edi.

Yangiliklar lentasi
0