Toshkentda birinchi inklyuziv bog‘cha ochildi

© Press-slujba MDO UzbekistanaV Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad
V Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tantanali ochilish marosimida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. 2019-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 369-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida xayriya faoliyati shaklida tashkil etilgan mazkur ta’lim muassasasi birlashtirilgan turdagi birinchi MTM bo‘lib, unga ham sog‘lom tarbiyalanuvchilar, ham jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar qantash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tantanali ochilish marosimida maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.

© Press-slujba MDO UzbekistanaV Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad
Toshkentda birinchi inklyuziv bog‘cha ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad

Kapital ta’mirlanishdan keyin ochilgan 369-sonli MTM birinchi inklyuziv maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ldi. Birlashtirilgan turdagi MTM ruxiy rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan guruhlar va umumiy ta’lim guruhlaridan iborat bo‘ladi.

“Inklyuziv ta’lim – ham sog‘lom, ham imkoniyati cheklangan bolalarga birdek kerak. Biz har bir bola bag‘rikeng bo‘lishga o‘rgatish bilan birga inson qadriyatlari uning imkoniyatiga bog‘liq emasligi haqidagi fikrni singdirmoqchimiz. Yoshlik chog‘ida bolaning ruhiy holati ochiq, egiluvchan va o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladi. Insonlar orasida turli fe’l va qiyofaga ega insonlar mavjudligiga o‘rgangan bolalar kelajakda o‘zlaridan farq qilgan bolalarga zulm yetkazmaydi. Jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun MTMga qatnash muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratib berib, ularning keyingi ijtimoiy moslashuvini osonlashtiradi. Bolalarning bir-biri bilan uchrashishi faqatgina o‘yin maydoni yoki oshxona bilan cheklanib qolmaydi. Inklyuziya tamoyilini amalga oshirish maqsadida har bir oddiy guruhga uch nafar imkoniyati cheklangan, masalan nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar qatnaydilar. Biz homiylar tomonidan ko‘llab-quvvatlanadigan maktabgacha ta’lim muassasalari soni ko‘payishidan umid qilib qolamiz”, - deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

© Press-slujba MDO UzbekistanaV Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad
Toshkentda birinchi inklyuziv bog‘cha ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad

Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTMda ruxiy rivojlanishi sust bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun 7 ta guruh hamda inklyuziv yo‘nalishdagi umumiy ta’lim bo‘yicha 7 ta guruh ochilishi rejalashtirilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan guruhlarga bolalar  psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadilar. Ta’lim dasturi “Ilk Qadam” davlat dasturining moslashtirilgan varianti hisoblanib, unga defektolog bilan har kungi mashg‘ulotlar kiritilgan. MTMda shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: u yerda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha yakka tartibda va kichik guruh mashg‘ulotlari uchun davolash-jismoniy tarbiya xonasi, jismoniy tarbiya zali, yozgi basseyn, futbol maydoni va logopediya shoxobchasi mavjud, musiqiy ta’lim dasturi esa tuzatish ritmikasi bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasida psixolog faoliyat yuritib, bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishdan tashqari ota-onalar va MTM xodimlari bilan konsultatsiyalar ham o‘tkazadi.

© Press-slujba MDO UzbekistanaV Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad
Toshkentda birinchi inklyuziv bog‘cha ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad

Muassasani kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTM otaliq shaklidagi xayriya faoliyati davlat-xususiy sherikchiligi tarzidagi birinchi loyihadir, bu esa homiylar tomonidan kelgusida muassasaga beg‘araz yordam ko‘rsatilishini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0