Voronejda qizlarni zo‘rlab kelgan bir guruh o‘zbekistonliklar jazolandi

Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar tasodifiy qurbonlariga nisbatan bosqinchilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishgan.

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida qizlarning nomusiga tekkan uch nafar o‘zbekistonlik sud qilindi. Bu haqda shaharning Markaziy tuman sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi 2017-yilning sentabr oyida Voronej shahrida oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishga kelishib olishgan. Jinoyatchilar 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar qizlarga nisbatan bosqinchilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishgan.

Nasilie - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi Xovan qabristonida tojikistonlik ayol zo‘rlandi

Sud jinoyatchilarni ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, ulardan biriga o‘n yil, ikkinchisiga to‘qqiz yil, uchinchisiga esa to‘rt yilu olti oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan.

Bundan tashqari, jabrlanuvchilar foydasiga ikki million rubldan ortiq ma’naviy zarar va 22 ming rubl moddiy zarar undirilgan.

Yangiliklar lentasi
0