"Miss Rossiya - 2019" tanlovida kim g‘olib bo‘ldi – eng yorqin suratlar

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishFinal konkursa «Miss Rossiya 2019»
Final konkursa «Miss Rossiya 2019» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovning eng katta mukofoti rassom, sayohatchi va shoiraga nasib qildi.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. "Miss Rossiya 2019" unvoni Azov shahrida tug‘ilgan Alina Sankoga nasib qildi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar qildi.

Tanlovning final bosqichi "Barvixa Luxury Village" konsert zalida o‘tkazildi.

Eng taniqli musobaqalardan biri bo‘lgan “Miss Rossiya” go‘zallik tanlovi Rossiya Madaniya vazirligi ko‘magi ostida o‘tkazilmoqda.

Alina Sankoga oq tilladan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan toj hamda 3 million rubl pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishFinal konkursa «Miss Rossiya 2019»
Miss Rossiya - 2019 tanlovida kim g‘olib bo‘ldi – eng yorqin suratlar - Sputnik O‘zbekiston
Final konkursa «Miss Rossiya 2019»

Shu bilan birga, final ishtirokchisi Rossiya nomidan xalqaro go‘zallik tanlovlarida ishtirok etish huquqi berildi.

Alina Sanko 20 yoshda, u rassomlik, she’riyat va sayohat qilishni yaxshi ko‘radi.

Birinchi vitse-miss unvoni yekaterinburglik Arina Verinaga berildi. Ikkinchi vitse-miss unvoni tatarstonlik Ralina Arabovaga taqdim etildi. Ikkala go‘zalga dunyoning istalgan mamlakatida tahsil olish uchun grandlar sovg‘a qilindi.

Tantanali marosimda “Yevrovidenie” xalqaro tanlovida Rossiya nomidan chiqadigan xonanda Sergey Lazarev chiqish qildi.

Marosimni “Miss Rossiya 2007” g‘olibi Kseniya Suxinova va teleboshlovchi Maksim Privalov olib bordilar.

Yangiliklar lentasi
0