Yana bir o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi musobaqalardan chetlashtirildi

© AFP 2023 / CHAIDEER MAHYUDDINRustam Djangabayev
Rustam Djangabayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Doping sababli o‘zbekistonlik sportchi Rustam Jangabayev musobaqalardan vaqtincha chetlatildi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Doping sababli o‘zbekistonlik sportchi Rustam Jangabayev musobaqalardan vaqtincha chetlatildi. Bu haqda Halqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) xabar qildi.

Uzbekistanes Baxodir Jalolov otprazdnoval pobedu v titulnom boyu - Sputnik O‘zbekiston
Bahodir Jalolov titul kamari uchun kechgan jangda g‘alaba qozondi

Jahon chempionati va qator xalqaro musobaqalarning g‘olibi doping qabul qilgani rasman tasdiqlansa uning titullari ham qaytarib olinishi mumkin.

2018 yil kuz mavsumida Ashxobodda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida +109 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Rustam Jangabayev siltab ko‘tarish va ikkikurash natijalariga ko‘ra bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinov doping sababli og‘ir atletikadan chetlashtirilgandi. Og‘ir atletikachi Nuriddinovdan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan qayta o‘tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija bergan.

Yangiliklar lentasi
0