Toshkentlik polkovnik Moskvaning IIB boshlig‘i etib tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentlik Zelenograd okrugi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Toshkentlik Aleksandr Kudrashov Moskva shahrining Zelenograd okrugi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Zelenograd okrugi IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Rossiyaning Moskva shahar IIV Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari general-mayor Sergey Plaxix yangi rahbarni boshqarmaning shaxsiy tarkibiga tanishtirgan.

© Foto: UVD po ZelenograduAleksandr Kudrashov
Toshkentlik polkovnik Moskvaning IIB boshlig‘i etib tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Kudrashov

Aleksandr Kudrashev 1977-yil Toshkentda tavallud topgan. U 1999-yilda O‘zbekiston Ichki ishlar akademiyasida, 2013-yilda esa Rossiya Ichki ishlar akademiyasida tahsil olgan.

Aleksandr Kudrashov yetti yil davomida Moskva shahrining Veshnyaki va Novogiriyeyevo tumani IIB bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yil fevral oyida Rossiyaning Obninsk shahar IIBB boshlig‘i etib tayinlangan

Sergeya Plaxixning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlarida faoliyat yuritgan Aleksandr Kudrashov mehnat davomida o‘zini bilimdon, ma’suliyatli va ijrochi rahbar sifatida ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0