Sudanda davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi - OAV

© Foto: alhadathV Sudane sovershilsya voyenniy perevorot – SMI
V Sudane sovershilsya voyenniy perevorot – SMI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xartumdagi xalqaro OAV mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Sudan armiyasi Umar al-Bashirni lavozimidan chetlashtirish va hukumatni tarqatib yuborishga qaror qildi.

RIA Novostining mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar qilishicha, Sudan harbiylari mamlakatning sobiq mudofaa vaziri va bir qator amaldorlarni hibsga olgan.

Suriyadagi ahvol. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriyada harbiy to‘ntarish uyushtirishni rejalashtirgan

Ta’kidlanishicha, yirikligi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan Omdurman shahridagi davlat teleradiokompaniyasi binosini bir guruh harbiylar egallab olgan. Ko‘chalar harbiylar bilan to‘lib ketgan.

Xartum xalqaro aeroporti yopilgan. Shuningdek, prezidentning soqchisi va mamlakatning sobiq vaziri Ali Usmon Taha qo‘lga olingani haqida xabarlar mavjud.

Mamlakatdagi ommaviy qarshiliklar o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon davom etib kelmoqda. Al-Bashir Afrikada eng uzoq rahbarlik qilgan prezidentdir. Sudan prezidenti lavozimini 1993-yil oktabrdan beri egallab kelmoqda. Fevlral oyida Umar al-Bashir hukumatni tarqatib yuborib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat holatini joriy etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0