Zamonaviy musulmon ayollari modasi Frankfurtda namoyish etilmoqda

© AFP 2023 / ADEK BERRYModeli vo vremya pokaza odejdi
Modeli vo vremya pokaza odejdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi bir necha o‘n yillikda musulmoncha liboslar modalari shiddat bilan taraqqiy etmoqda, u yanada yorqin va jilobaxsh bo‘lmoqda.

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. San-Fransiskodan so‘ng Frankfurt-Mayndagi amaliy san’at muzeyida "Zamonaviy musulmon modasi" ekspozitsiyasi namoyish etildi.

Sportsmenka iz OAE Zaxra Lari na trenirovke sorevnovaniy po figurnomu kataniyu na XXIX Vsemirnoy zimney Universiade 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Hijob to‘sqinlik qilmaydi: Zahra Lari chiqishining yorqin lahzalari

Bu yerda dunyoning yetakchi modelyerlari tomonidan yaratilgan liboslar va aksessuarlar, burkini va turli hijoblar namoyish etildi. Ko‘rgazmada eng yaxshi musulmon sportchilari yordamida ishlab chiqilgan sport liboslari ham taqdim etildi, deb xabar qiladi Yevronyus.

Franfurt muzeyi direktori Mattias Vagnerning ta’kidiga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma - ayollar ro‘mollari ko‘rgazmasi emas. Uning maqsadi - barcha stereotiplarni barbod qilib, musulmon modasining ko‘p qirrali va kreativ tomonlarini ochib berish. Bu, Vagner fikricha, musulmon madaniyatini pozitiv qabul qilinishida katta rol o‘ynaydi.

Uning aytishicha, libos tanlovida ham erkinlik bo‘lishi lozim: "Yosh musulmon xotin-qizlari modaga amal qilish, biroz ochiq yoki biroz yopiq libos kiyish, hijobda yurish-yurmaslik huquqini o‘zlari hal etishga haqli", - deydi u.

So‘nggi bir necha o‘n yillikda musulmoncha liboslar modalari shiddat bilan taraqqiy etmoqda, u yanada yorqin va jilobaxsh bo‘lmoqda.

Bu moda - aksariyat hollarda hijob taqishda emas, balki uzun yengli liboslar yoki uzun yubkalarda namoyon bo‘lmoqda.

Bu modani shuningdek, kamtarin moda, deb ham atashadi.

Frankfurt-Mayndagi amaliy san’at muzeyidagi ko‘rgazma 15-sentabrga qadar davom etadi, shundan so‘ng u Rotterdam va so‘ngra Nyu-Yorkka yo‘l oladi.

Yangiliklar lentasi
0