Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston OTM rektorlarinig mintaqaviy forumi ish boshladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Astraxan
Goroda Rossii. Astraxan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum kun tartibiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishadi.

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Rossiyaning Astraxan shahrida Rossiya va O‘zbekiston OTM rektorlarining mintaqaviy konferensiyasi boshlandi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligida vazirlik mutaxassislari va 20 ta OTM rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot-xizmati.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ta’lim olgan fuqarolarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi kutilmoqda

Mintaqaviy konferensiyada asosiy masala sifatida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi.

Jumladan, 2018-yil oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan "Yangi iqtisodiyot uchun – yangi kadrlar" birinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish hamda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Forum kun tartibiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil 18-oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilib, unda rossiyalik hamkorlar bilan jami 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan edi. Xususan, O‘zbekistonda RFning 6 ta nufuzli OTM filiali va 2 ta fakultetini ochish, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishilgan.

Yangiliklar lentasi
0