O‘zbekiston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishIndiya
Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. 2019 yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston Respublikasi hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabr kuni imzolangan edi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev pribil v Indiyu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda hind tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

TIV xabarida qayd etilishicha, hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar.

Bitim diplomatik pasportga ega bo‘lgan ikki davlat rasmiy vakillarining o‘zaro safarlari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0