"Eksport dushmanlari": prezident o‘tkazgan selektordan so‘ng yangi iste’folar yuz berdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
 Ayniqsa, Toshkent shahrining o‘n bitta tumanidan yettitasida tushumlar prognozi bajarilmagan.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng bir qancha amaldorlar ishidan ayrildi. Yig‘ilish 2019-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan.

Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga doir muhim qarorni imzoladi

Prezident matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, birinchi chorak yakuni bo‘yicha mahalliy budjet daromadlari rejaga nisbatan 1 trillion 253 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilib, hududlar ixtiyorida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mablag‘ qolgan.

"Mahalliy budjetda qancha ko‘p daromad bo‘lsa, dolzarb ijtimoiy masalalarni shuncha tezkorlik bilan hal qilish mumkin. Qo‘shimcha mablag‘lar, jumladan, Beshta tashabbus, "Obod qishloq", "Obod mahalla", "Ichimlik suvi", "Har bir oila - tadbirkor" kabi davlat dasturlarini joylarda tizimli amalga oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish va hayotini yaxshilash uchun zarur bo‘ladi, - deb qayd etgan Shavkat Mirziyoyev.

Ammo umumdavlat muvaffaqiyati fonida autsayderlar ham yo‘q emas - jumladan, budjetga tushumlar prognozi 9 tuman va shaharda bajarilmagan. Ayniqsa, Toshkent shahrining o‘n bitta tumanidan yettitasida tushumlar prognozi bajarilmagan. Ushbu tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etilgan. Shahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlari tomonidan budjetga tushumlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Bunday holatlar viloyatlarda ham qayd etilgan. Shu sababli Davlat soliq qo‘mitasiga mahalliy budjetga tushumlar prognozi bajarilmagan qator tuman va shahar soliq idoralari rahbarlarining lavozimiga loyiqligini tanqidiy ko‘rib chiqish topshirilgan.

Prezident bu boradagi ishlar natijalari mutlaqo qoniqarli emasligini ta’kidladi. Shu sababli bu borada qabul qilingan dasturiy choralarni jonlantirish topshirildi. Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsmanga hokimliklar bilan birgalikda faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va faoliyatini tiklashda ularga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0