O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

© pixabayDevushka idet pod silnim dojdem
Devushka idet pod silnim dojdem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 1-apreldan 3-aprelgacha mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 1-apreldan 3-aprelgacha O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 2-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 va 3-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-mart—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31-mart—1 aprelda 3-8 daraja iliq, 2—3 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 31-martda 8-13 daraja iliq, 1-aprelda 13-18 daraja iliq, 2-aprelda 15-20 daraja iliq, 3-aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31-martda 18-23 daraja iliq, 1-aprelda 13-18 daraja iliq, 2-aprelda 20-25 daraja iliq, 3-aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq, 1-aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 2-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 3-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 31-martda 20-25 daraja iliq, 1-aprelda 18-23 daraja iliq, 2-aprelda 22-27 daraja iliq, 3-aprelda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31-martda 15-20 daraja iliq, 1-aprelda 13-18 daraja iliq, 2—3 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 va 3-aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 31-mart—1 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-mart—1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2—3 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0