Navoiyda o‘n to‘rt kunlik chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

© Sputnik KirgizstanJenshina s novorojdennim rebenkom, arxivnoe foto
Jenshina s novorojdennim rebenkom, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karmana tumanida huquqni muhofaaza qiluvchi idora xodimlari tadbir o‘tkazishdi.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Navoiy viloyatida chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

Mladenes - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onalik ayol yangi tug‘ilgan qizini 400 dollarga sotib yubordi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 2019-yil 25-mart kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida huquqni muhofaaza qiluvchi idora xodimlari tadbir o‘tkazgan. Tadbir natijasida Karmana tumani Michurin dala-hovlilar jamiyatida yashovchi ayol 14 kunlik farzandini 5 mln. so‘m evaziga boshqa fuqaroga  sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq samarqandlik ayol uch oylik o‘g‘lini 8 ming dollarga sotishga uringani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0