Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Konor MakGregor
Konor MakGregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahonning eng ko‘p maosh oladigan sportchilardan biri bo‘lgan Makgregorga qarshi shaxsi sir saqlanayotgan ayol tomonidan shikoyat qilgan.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Irlandiya politsiyasi UFC sobiq chempioni Konor Makgregor ustidan jinsiy zo‘ravonlik ayblovlar yuzasidan tergov ishini olib bormoqda. Bu haqda New York Times gazetasi xabar qildi.

Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Nurmagomedov Makgregorning “pensiyaga ketishi” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Xabarda aytilishicha, o‘tgan yil dekabrda sobiq chempionga qarshi shaxsi sir saqlangan ayol tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan.

Shikoyat arizasida qayd etilishicha, bu hodisa Dublindagi Beacon mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Makgregor vaqti-vaqti bilan pentxaus bron qilib kelgan va u yerda oxirgi marta o‘tgan yil dekabrda bo‘lgan.

2019 yil yanvarda politsiya Makgregorni qo‘lga oldi va so‘roq qilingandan keyin qo‘yib yuborilgan. Sportchiga hali ayblov e’lon qilinmagan.    

Sportchi vakillari bu ma’lumotlar bo‘yicha hech qanday izoh berishmadi.

Kuni kecha UFC yulduzi Konor Makgregor aralash yakkurash sportidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi. MMAda 25 ta jang qilib, ulardan 21-marta g‘alaba qozongan va 4-marta mag‘lubiyatga uchragan.

Yangiliklar lentasi
0