“Goodbye” - Konor MakGregor MMAdagi faoliyatini yakunladi

© AP Photo/John LocherIrlandskiy boyes UFC Konor MakGregor
Irlandskiy boyes UFC Konor MakGregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Irlandiyalik jangchi Konor MakGregor aralash yakkurash sportidagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Irlandiyalik jangchi Konor MakGregor aralash yakkurash sportidagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.

Konor MakGregor Twitter᾽dagi sahifasida sportdan hamda MMAdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi.

“Sobiq hamkasblarimga janglarda omad tilayman”, - deya yozgan u.

Konor MakGregor MMAda 21-marta g‘alaba qozongan va 4-marta mag‘lubiyatga uchragan. O‘tgan yilning oktabr oyida UFCning yengil vazn toifasidagi jangda rossiyalik Xabib Nurmagomedov ustun kelib, Konorni chempionlik kamaridan mahrum qilgan edi. Bu uning sport faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor MakGregor AQShning Florida shtatida bosqinchilik ayblovi bilan hibsga olingani haqida xabar qilgan edik. Keyinchalik u 12,5 ming dollar miqdoridagi garov puli evaziga ozod qilingan.

Yangiliklar lentasi
0