Rossiyada "Hyundai"ni o‘g‘irlagan shaxs O‘zbekiston chegarasida qo‘lga tushdi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Ravot" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoe foto
KPP Ravot na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan.

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida o‘g‘irlangan avtomashina "G‘isht-Ko‘prik" bojxona chegara postida to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 1-mart kuni Davlat Bojxona qo‘mitasi xodimlari  tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent tumanidagi "G‘isht-Ko‘prik" bojxona chegara postida "Hyundai Solaris" rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan.

Ushbu avtomashina Rossiya Federatsiyasidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan va avtomashinani boshqarib ketayotgan A.G‘. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0