TOShKENT, 15 mar - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga estrada yulduzlarining tashriflari davom etmoqda. Qo‘ltiqtayoqda bo‘lgan Dima Bilan ham Humo Arena muz saroyining ochilish marosimini o‘tkazib yubormaslik uchun Toshkentga yetib keldi.
U o‘zining Instagram sahifasiga qanday qilib aeroportdan qo‘ltiqtayoqda chiqayotgani tasvirlangan suratni joyladi.
© InstagramDima Bilan v Tashkente

Dima Bilan v Tashkente
© Instagram
Hozirda Bilan mehmonxonda dam olmoqda va uni mazali osh bilan mehmon qilishganini ma’lum qildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Eslatib o‘tamiz, Toshkentga bugun allaqachon Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov tashrif buyurishdi. Ularni qirollardek kutib olishganlardidan hayratda ekanliklarini yashirishmadi.
Sputnik O‘zbekiston voqealar rivojini kuzatib bormoqda.