Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. 15 mart kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Harakatlanish cheklanadigan ko‘chalar:

- Afrosiyob ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Beshog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi  soat 10:00 dan  13:00 gacha;

 - Olmazor ko‘chasining Beshog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan  12:00 gacha;

- Sh.Rashidov ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan  12:00 gacha. 

Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni ham Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati qisman cheklangan edi.

Yangiliklar lentasi
0