Toshkentda Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirildi

© SputnikServis "Yandeks metro" nachal rabotat v Tashkente
Servis Yandeks metro nachal rabotat v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilovadan Android va iOStizimida foydalanish mumkin. U internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchilar metro sxemasi tilini tanlashlari mumkin — o‘zbek tili yoki rus tili. Yaqin kelajakda sxemada Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va boshqa foydali mo‘ljallar paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Toshkent shahrida Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirildi. Uning yordamida shahar aholisi va unga tashrif buyurgan sayyohlar metroda kerakli marshrutni ko‘rishlari, qayerda boshqa yo‘lga o‘tishni va safar qancha vaqtni olishini bilib olishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarnr rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

V Tashkente zarabotal servis Yandeks-probki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Yandeks.Tirbandlik svetofori ishga tushdi

Foydalanuvchi jo‘naydigan va chiqadigan stansiyalarini ko‘rsatishining o‘zi kifoya — Yandex.Metro kerakli o‘tish yo‘lagi yoki shaharga chiqish joyida bo‘lish uchun eng qulay bo‘lgan marshrut va vagonni ko‘rsatadi. Ilovada har bir stansiyaning ish vaqti va ularning shahar xaritasida joylashgan joyini ko‘rish mumkin. Agar stansiya ta’mirlash uchun yopilsa, bu sxemada ko‘rsatiladi

Yandex.Metro ilovasi yordamida temir yo‘l vokzali va avtobuslar shoh bekatiga yetib olish osonlashadi — ular sxemada maxsus belgi bilan ko‘rsatilgan. Bu xizmat chet mamlakatlarda ham yordam beradi: ilovada Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg hamda Rossiya, Belarus, Ukraina va Turkiyadagi yana 10 ta shahar metrosi sxemalari mavjud.

© Press-slujbaV Tashkente zapustilos mobilnoe prilojenie Yandeks.Metro
Toshkentda Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente zapustilos mobilnoe prilojenie Yandeks.Metro

O‘zbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Yandeks.Tirbandlik svetofori ishga tushgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0