O‘zbekistondan Qozog‘istonga anor olib kirish bo‘yicha qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

© Sputnik / StringerPlodoovoshnaya yarmarka v Tashkente
Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugundan e’tiboran eksportchi tadbirkorlar Qozog‘istonga anorni fitosanitar nazoratdan o‘tkazib, eksport qilishlari mumkin.

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Ostona shahrida “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi boshlig‘i I. Ergashev bilan Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari G.Isayev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Granat - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistondan anor mevasini olib kirishni taqiqladi

Qayd etilishicha, uchrashuvda anor importiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish, shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holati, ikki mamlakat karantin xizmatlari o‘rtasida eksport va import qilinayotgan meva-sabzavotlarni fitosanitar ko‘rikdan o‘tkazishda hamkorlikdagi nazoratni yanada kuchaytirish singari masalalar muhokama qilindi.

“Muzokaralar yakunida Qozog‘istonga O‘zbekistondan anor olib kirish uchun o‘rnatilgan vaqtincha taqiq 14-martdan olib tashlanishiga erishildi”, - deyiladi xabarda.

Anor va zararli qurt: “O‘zdavkarantin” Qozog‘iston taqiqi bo‘yicha izoh berdi

Bugundan e’tiboran eksportchi tadbirkorlar Qozog‘istonga anorni fitosanitar nazoratdan o‘tkazib, eksport qilishlari mumkin.

Eslati o‘tamiz, Qozog‘iston karantin xizmati 20-fevraldan O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0