TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida fuqaro otasiga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 2019-yil 11-mart kuni Olmaliq tumanidagi Parvoz ko‘chasida yashovchi V.Z. uyida birga yashagan otasi S.Z. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sabab V.Z. otasiga pichoq bilan jarohat yetkazganligi ko‘rsatilgan.
Natijada jarohatlanga fuqaro kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida ayol mast holda 26 yoshli tanishini pichoqlagani haqida xabar qilgan edik.