Olmaliqda yana bir ulkan qozon yasaldi  

© Informatsionnaya slujba AO "Almalikskiy GMK"Peredacha kazana, izgotovlennogo rabotnikami sentralnogo remontno-mexanicheskogo zavoda AO "Almalikskiy GMK", zakazchiku – xokimiyatu Namangana
Peredacha kazana, izgotovlennogo rabotnikami sentralnogo remontno-mexanicheskogo zavoda AO Almalikskiy GMK, zakazchiku – xokimiyatu Namangana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qozonda Namanganda Navro‘z arafasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi rejalashtirilayotgan ulkan sumalak pishiriladi.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 7 tonnalik sumalak doshqozoni va uning o‘chog‘ini, tayyorlab Namanganga jo‘natdi, deb xabar qilmoqda kombinay rasmiy sayti.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi ishchilari sig‘imi 7 tonnalik sumalak doshqozoni va o‘choq, 3 metrlik ikkita kapkir va ikkita cho‘mich, shuningdek, qozon-o‘choq atrofiga mo‘ljallangan metall maydonchani bir oy ichida, belgilangan muddatidan avval tayyorladi”, - deyilgan xabarda.

13 mart kuni MTMZdan alvon lentalar ila bezatilgan qozon-o‘choq «Metallurg» MS hovlisiga ketirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanov 7 tonnalik ulkan qozonning pasportini Namangan shahar hokimi o‘rinbosari Ayubxon Bobomirzayevga tantanali ravishda topshirdi. Ulkan doshqozon karnay-surnay sadolari bilan Namanganga kuzatildi.

Prigotovlenie samogo bolshogo v mire plova - Sputnik O‘zbekiston
Rekord o‘rnatildi: 7360 kiloli palov tayyorlandi

Ushbu qozonda Namanganda Navro‘z arafasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi rejalashtirilayotgan ulkan sumalak pishiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2-yil oldin Toshkentda rekord osh pishirish vaqtida Olmalik kombinati 8 tonnalik ulkan qozon tayyorlab bergan edi. Undan so‘ng kompaniya ikkita bir tonnalik va bitta besh tonnalik qozon ham tayyorlangan. Namanganliklar uchun tayyorlangan bu 7 tonnalik qozon esa kombinatning beshinchi ulkan qozonidir, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0