TOShKENT, 14 mar - Sputnik. 2019-yil 13-mart kuni hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.
Qonunchilikka muvofiq, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkakliklar, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilishda 20 ming AQSh dollaridan ortiq summadagi mahsulotlar eksport kontrakti asosida eksport qilinishi lozim edi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, mazkur cheklov bekor qilindi. Ya’ni, ushbu toifadagi mahsulotlarni eksport qiluvchilar tegishli to‘lov kelib tushgandan keyin eksportni eksport kontraktisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.