Moskvada MDH Bosh shtablari qo‘mondonlari uchrashadi

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moskvada bo‘lib o‘tadigan MDH Bosh shtablari qo‘mondonlari majlisi ishtirok etadi.

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Payshanba kuni Moskvada MDHning 8 mamlakatlari Bosh shtablari boshliqlari kengashi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“Moskvada Rossiya Qurolli kuchlari qo‘mondoni armiya generali Valeriy Gerasimov raisligida MDH Bosh shtablari boshliqlari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.

Qo‘mondonlar uchuvchisiz apparatlarga qarshi kurash, harbiy kuchlarni topografik materiallar bilan ta’minlash va kelgusi yilda belgilangan qo‘shma tadbirlarni muhokama qilishadi. Shuningdek, mudofaa sohasida o‘zaro manfaatli bo‘lga boshqa masalalar ham muhokama qilinadi, deyilgan xabarda.

Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston,Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Bosh shtablari vakillari ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0