UFC “qiroli” Konor MakGregor hibsga olindi - video

Konor MakGregor
Konor MakGregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mayami-Bich politsiyasining ma’lumotiga qaraganda, Konor MakGregor AQShning Florida shtatidagi “Fontainebleau Miami Beach” mehmonxonasidan chiqib ketayotganida uning muxlislaridan biri telefonida jangchini suratga tushirmoqchi bo‘ladi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. AQShning Florida shtatida UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor hibsga olindi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, u bosqinchilikda ayblanmoqda.

Mayami-Bich politsiyasining ma’lumotiga qaraganda, Konor MakGregor AQShning Florida shtatidagi “Fontainebleau Miami Beach” mehmonxonasidan chiqib ketayotganida uning muxlislaridan biri telefonida jangchini suratga tushirmoqchi bo‘ladi. Biroq, MMA jangchisi Konor muxlisning qo‘lidagi telefonini tortib olib yerga tashlagan va bir necha marta telefonni tepgan. So‘ngra telefonni o‘zi bilan olib ketgan.

Biroz vaqt o‘tib huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Konor MakGregorni hibsga olishgan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning telefonining narxi 1000 dollarni tashkil etadi.

Konor MakGregor MMAda 21-marta g‘alaba qozongan va 4-marta mag‘lubiyatga uchragan. O‘tgan yilning oktabr oyida UFCning yengil vazn toifasidagi jangda rossiyalik Xabib Nurmagomedov ustun kelib, Konorni chempionlik kamaridan mahrum qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0