Abort va kontratsepsiya: reproduktiv salomatlikka oid qonun tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
Kontratsepsiyaning jarrohlik usuli voyaga yetganlarning yoki er-xotinning yoxud muomalaga layoqatsizlar vasiylarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.

Mazkur Qonunning maqsadi, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashni tartibga solishdan iborat.

Qonunga muvofiq, fuqarolar kontratsepsiya usullarini tanlash, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni rad etish huquqiga ega.

Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston
Chaqaloqlarni vahshiylarcha o‘ldirgan xususiy klinika to‘rt marta litsenziyadan mahrum qilingan

Fuqarolarga sog‘lig‘ining holati, yoshi va individual xususiyatlari hisobga olingan hamda nomaqbul oqibatlar haqida ogohlantirgan holda kontratsepsiya usullarini yakka tartibda tanlash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Kontratsepsiyaning jarrohlik usuli voyaga yetganlarning yoki er-xotinning yoxud muomalaga layoqatsizlar vasiylarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, homiladorlikni sun’iy tushirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

- homiladorlikning o‘n ikki haftasigacha ayolning xohishiga ko‘ra;

- homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganida homiladorlikning istalgan muddatida.

Qonunga ko‘ra yordamchi reproduktiv texnologiyalar qo‘llanilishi haqidagi, shuningdek, ularning ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar shifokorlik siri sifatida qo‘riqlanadi.

Xususiy klinikada o‘nlab chaqaloqlar yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Yangiliklar lentasi
0