"Brilliant milliarder" intim plastika qildirayotganda vafot etdi

© AFP 2023 / MIKE CLARKETiara s izumrudami i brilliantami
Tiara s izumrudami i brilliantami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Laniado bor davlatini brilliant savdosida orttirgan va olmoslarni baholash bo‘yicha bosh ekspertlardan biri bo‘lgan.

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. Belgiya-isroillik milliarder Exud Arye Laniado Parijda intim plastika qildirayotganda vafot etdi, deb xabar qildi Sudinfo.be nashri.

69-y Kann kinofestivali. To‘rtinchi kun - Sputnik O‘zbekiston
69-Kann kinofestivali: brilliantlar va yorqin liboslar

Operatsiya vaqtida olmos sotuvchisiga inyeksiya qilishgan, shundan so‘ng Laniadoning yuragi urishdan to‘xtagan. Mediklar uni jonlantirishga harakat qilishgan, biroq erkakni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

Jarrohlik operatsiyasi klinikada kechqurun, ish soatidan keyin amalga oshirilgan.

Sputnik France xabariga ko‘ra, tadbirkor 65 yoshda bo‘lgan.

Laniado bor davlatini brilliant savdosi orqali orttirgan va bu qimmatbaho toshlarni baholash bo‘yicha bosh ekspertlardan biri bo‘lgan. U o‘z karyerasini 20 yoshida Markaziy-Afrika Respublikasida qimmatbaho toshlarni sotishdan boshlagan. Keyinchalik Antverpenda joylashgan Omega Diamonds kompaniyasiga asos solgan.

2015 yilda Laniado "Jozefinaning moviy hiloli" brilliantini rekord summa - 48,5 million dollarga pullagan.

Yangiliklar lentasi
0