Yandeks o‘z serverlarini O‘zbekistonda joylashtirishi mumkin

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yandeks bilan xizmatlarini mahalliylashtirish va ta’lim sohasida hamkorlik haqida muzokaralar o‘tkazildi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Yandeks o‘z xizmatlarini mahalliylashtirish maqsadida serverlarini O‘zbekistonda joylashtirishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kecha, 27-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Uchrashuv doirasida O‘zbekiston bozorida “Yandeks”ning internet servislarini mahalliylashtirish, servislardan yaxshiroq foydalanish uchun CDN-serverlarni O‘zbekistonda joylashtirish istiqbollari muhokama etildi", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek ta’lim va malaka oshirish sohasidagi ham hamkorlik qilish, xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan IT sohasidagi ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra, 2019-2020 yillarda hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni yaqin vaqt ichida birgalikda ishlab chiqish kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0