Sobiq advokat Trampni “irqchi”¸ “firibgar” va “ëlg‘onchi” deb atadi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp.
Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq advokat Maykl Koen “inkor etib bo‘lmaydigan hujjatlarni” taqdim etdi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. AQSh prezidentining sobiq advokati Maykl Koen Trampni irqchi va firibgar deb atadi. Sobiq advokat Tramp tahdidlaridan himoyalanish maqsadida kongressda ko‘rsatma berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident SShA Donald Tramp i severokoreyskiy lider Kim Chen In  - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp va Kim Chen In yuzma-yuz uchrashdi

“Men oilamni prezident tahdidlaridan himoya qilish maqsadida ko‘rsatma bermoqdaman”, - dedi Koen nazorat qo‘mitasi yig‘ilishida.

“U irqchi, firibgar va yolg‘onchi”, - dedi Koen.

Koen so‘zlariga ko‘ra, unga jamoatchilik ishonmasligini anglab turibdi, chunki u o‘tgan yili yolg‘on ko‘rsatma berishganlikda qo‘lga olingan.

Sobiq advokat “inkor etib bo‘lmaydigan hujjatlarni” taqdim etdi. Xususan, Tramp nomidan noqonuniy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etganligi tasdiqlovchi chek nusxalarini taqdim etgan.

Sal oldin Koen saylov oldi kompaniyani moliyalashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarni buzganligini aybdor ekanligini tan olgandi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp AQShda favqulodda holat e’lon qildi

U Tramp porno aktrisa Stormi Deniyels bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi uchun haq to‘lashda vositachi bo‘lganligini tan oldi. Shuningdek, u soliqlarni to‘lashdan qochganlikda tan oldi.

Dekabr o‘rtalarida Koen savlov qonunchiligini buzganligi uchun uch oy qamoq jazosi tayinlangan. U 6-martda jazoni o‘tashni boshlashi kutilmoqda.

Maxsus prokuror Robert Muller 2017-yildan beri Rossiya 2016-yilda AQSh saylovlariga aralashuv ishini tergov qilmoqda.

Rossiya turli mamlakatlardagi saylov jarayonlariga ta’sir o‘tkazishga urinishlarni bir necha marta rad etib, ularni mutlaqo asossiz ekanligini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0