Poroshenkoning beadab xulq-atvori internet foydalanuvchilarini g‘azabga keltirdi – video

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini P. Poroshenko
Prezident Ukraini P. Poroshenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoning Zaporojyedagi g‘alati xatti-harakati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoning Zaporojyedagi g‘alati xatti-harakati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoq olamida  Ukraina yetakchisining saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvi aks ettirilgan video joylashtirilgan edi. Kadrlarda Poroshenkoning uchrashuvga kelgan saylovchilar qo‘lini siqib ko‘rishayotgani aks ettirilgan kadrlarni ko‘rish mumkin. Ammo qandaydur bir on u olomon orasidagi qizning shapkasini yechib olib, uning yuziga uloqtiradi. Bu hammasi shunchalik tez sodir bo‘ladiki, qiz Poroshenkoning qilig‘iga qanday munosabat bildirishini bilmaydi.

Poroshenkoning bu xatti-harakati internet foydalanuvchilarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar prezident o‘ziga nisbatan yoqimsiz so‘zlar eshitdi va shuning uchun shu tarzda o‘z munosabat bildirdi, deya taxmin qilishmoqda. Boshqalar esa uni mast bo‘lgan deb hisoblashmoqda.

“Ukrainada agar odamning shapkasini yechib olsang, prezident bo‘lasan, degan urf-odat bor”, - deya izohlaydi foydalanuvchilardan biri.

“Yaxshi ham shapkasini yechib oldi, boshqa narsasini emas”, - deb zaharxanda qiladi boshqasi.

Poroshenkoning odamlarni kuldirgan iboralari

Ukrainai prezidenti matbuot xizmati ushbu hodisani hech qanday izohlamadi.

Ukrainada navbatdagi prezident saylovlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari lavozimiga 44 ta nomzod da’vogarlik qilmoqda. So‘rovlar natijasiga ko‘ra, amaldagi prezident Poroshenkoning reytingi 14 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0