Koreyada og‘ir ahvolda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik to‘g‘risida TIV bayonoti

© Mintruda Respubliki UzbekistanUzbekistanes Abram Okilov v koreyskoy bolnitse "Sanggi Pik Pionvon"
Uzbekistanes Abram Okilov v koreyskoy bolnitse Sanggi Pik Pionvon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi OAV tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov to‘g‘risidagi xabar yuzasidan TIV Konsullik-huquqiy departamenti rasmiy bayonot berdi.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
TIV Moskvadagi mushtlashuv bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi doimiy nazorati ostida ekanligini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

“Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo‘lib turibdilar”, - deyiladi xabarda.

© Mintruda Respubliki UzbekistanO‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov.
Koreyada og‘ir ahvolda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik to‘g‘risida TIV bayonoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov.

Shuningdek, Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi OAV tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0