"Sharq taronalari" xalqaro festivalni o‘tkazish sanasi e’lon qilindi

© sharqtaronalari.uzFestival "Shark Taronalari" v Samarkande
Festival Shark Taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida​ qarorni imzoladi

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali o‘n ikkinchi marta 2019-yilning 26-30 avgust kunlari o‘tkaziladi, deb ta’kidlangan O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan hujjat matnida.

Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi bayram paydo bo‘lishi mumkin

Festivalga mahalliy va xorijiy davlatlardan musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar taklif etiladi.

2019 yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan birgalikda Festivalning logotipi va sovrindorlar uchun beriladigan haykalchasi loyihasini ishlab chiqib, Tashkiliy qo‘mitaga tasdiqlash uchun kiritishi belgilangan.

Samarqand viloyati hokimligi 2019-yil 20-iyulga qadar Samarqand shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishi, Festival o‘tkaziladigan sahna va maydonlar talab darajasida tayyorlanishini ta’minlashi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0