Amazon haydovchilari ish tashladi

© REUTERS / Brendan McDermidMujchina tolkayet telejku s tovarami iz Amazon
Mujchina tolkayet telejku s tovarami iz Amazon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amazon talablarini bajarish uchun xodimlar hatto hojatxonaga ham borishga vaqt ajrata olmas ekan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Italiyada Amazon internet magazini kompaniyasi haydovchilari ish tashladi. Ular shz maoshlarini oshirishni talab qilishmoqda, deb xabar qilmoqda Euronews.

Amazon O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, haydovchilar 9 soatlik ish kuni davomida 120 dan ortiq jo‘natmalarni yetkazib berishga majbur bo‘lishmoqda. Bu belgilangan normadan 2 baravar ko‘p, ularning maoshlari esa boshqa internet-savdo kompaniyalariga qaraganda kamroq.

Ish tashlash Italiyaning Lombardiya va Milan shaharlarida sodir bo‘lgan.

“Ushbu muammo Amazon kompaniyasining kengayishi bilan bog‘liq. Internet savdosi giganti kengayishi tufayli hajmi ham oshgan”, - deydi Luka Stansione Italiya profsoyuzlar birlashmasi vakili.

Amazon tarixida bu birinchi ommaviy ish tashlash emas. O‘tgan yilning noyabr oyida Germaniya, Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada Amazon xodimlari maoshlarini oshirishni talab qilib ish tashlash e’lon qilishgan edi.

Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston
Amazon va Google O‘zbekiston bilan qiziqmoqda

Profsoyuzlar o‘tkazgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, Amazon talablarini bajarish uchun xodimlar hatto hojatxonaga ham borishga vaqt ajrata olmas ekan. So‘nggi uch yil davomida Yevropada Amazon xodimlarining soni ikki baravar oshdi. AQShda Amazon xodimlarining eng kam ish haqqi soatiga 15 $ ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil Amazon kompaniyasi direktori Jeff Bezos dunyoning eng boy odamiga aylangan edi. Uning mol-mulki 150 mlrd $ qiymatida baholandi. Boyliklar soni bo‘ycha u Billa Geytsdan ham o‘zib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0