Turkmaniston prezidenti avtomobilni drift uslubida boshqardi

Obuna bo‘lish
Berdimuxamedov  Nissan avtomobillari haqida ijobiy fikr bildirib, ushbu kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi.

Gurbanguli Berdimuxamedov maxsus tayyorlangan Nissan 370 Z sport avtomobilini drift uslubida boshqardi. Bu haqida “Turkenistan segodnya” nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Turkmaniston rahbari tajribali poygachi uslubida avtomobilni boshqarib, drift uslubida yuqori klass ko‘rsatgan”. Shundan so‘ng Berdqmuxamedov  Nissan kompaniyasi ishlab chiqarayotgan avtomobillar haqida ijobiy fikr bildirib, Yaponiyaning ushbu kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida gapirgan.

Turkmaniston rahbari sport avtomobillariga qiziqishi ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Turkmaniston IIV qoshida tashkil etilgan avto sport maktabida dunyoning turli brendlariga mansub sport avtomobillari mavjud. 2017-yilda Berdqmuxamedov BMW M3 avtomobilida ham drift namoyish etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0