Shakira Ispaniya sudi oldida javob beradi

© AP Photo/Manu FernandezIspanskaya pevitsa Shakira
Ispanskaya pevitsa Shakira - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ispaniya prokuraturasi tomonidan xonanda Shakira soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Mashhur qo‘shiqchi Shakira 12-iyun kuni Ispaniya sudida ayblanuvchi tariqasida qatnashadi.

Ispaniya O‘zbekistonga 150 million yevro imtiyozli kredit ajratadi

Unga soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashi haqida ayblovlar qo‘yilgan. Bu haqda RIA Novosti Europa Press agentligiga asosan xabar qildi.

Barselona provinsiyasining Espluges-de-Lobregat shahrida prokuraturaning arzi qabul qilindi.

Qarzdorlik miqdori 14,5 million yevro hisoblangan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Shakira ishlab topgan pullarni Kayman, Virgin orollari, Panama va boshqa ofshor hududlardagi 14 ta kompaniya orqali yashirgan.

2010-2017 yillarda Shakira ispaniyalik futbolchi Jerar Pike bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Rasmiy o‘z munosabatlari haqida 2011-yilda e’lon qilishgan, biroq Shakira Ispaniya soliq organlari hisobiga faqat 2015-yilda turgan.

Soliqchilar xonandani to‘rt yil davomida Ispaniyada soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0