Andijonda isitish qozoni portlashi oqibatida 18 nafar o‘quvchi jarohatlandi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda holat oqibatida 18 nafar o‘quvchilar turli darajada yengil jarohat oldilar.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. 26-fevral kuni soat 10:26 da Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Urgutda ayanchli hodisa: yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xabarda keltirilishicha, favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shahardagi 4-umumta’lim maktabining 18 nafar 9-g-sinf o‘quvchilari turli darajada yengil jarohat olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.

Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. 18 nafar bemor kuzatuv ostida bo‘lib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 10 nafar qo‘shimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan.

Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumani "Do‘stlik" mahallasi Yangiariq ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0