Oskar mukofoti qaysi filmga berilgani ma’lum bo‘ldi

© AFP 2023 / FREDERIC J. BROWNStatuetki premii "Oskar"
Statuetki premii Oskar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yashil kitob"da - AQShda 1960-yillarda hali kuchli bo‘lgan irqchilik hamda insonlar orasidagi muhabbat aks etgan.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Gollivudda 91 – Oskar mukofoti topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Amerika kino akademiyasi 2018-yilning “eng yaxshi original ssenariysi” deb deb rejisser Piter Farrellining “Yashil kitob” kinolentasini e’lon qildi.  

Film AQShda 1962-yilda sodir bo‘lgan voqealarga asoslangan. Unda taniqli musiqachi Don Shirli va uning haydovchisi Toni Lipa amerika janubi bo‘ylab amalga oshirgan sayohatlari davomida “yashil kitob” nomli yo‘l ko‘rsatgichdan foydalanishadi. Ushbu yo‘l ko‘rsatgichda qora tanli amerikaliklar uchun xavfsiz bo‘lgan joylar ko‘rsatilgan edi.

Ushbu nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi kartina uchun “Yashil kitob”, “Roma”, "Favoritka", "Qora pantera", "Hukumat", "Qora urug‘li kishi", "Yulduz tug‘ildi ", "Bogem rapsodiyasi" filmlari bellashgan edi.

Bundan biroz oldin “Yashil kitob” AQSh produserlari gildiyasi mukofotiga ham sazovor bo‘lgan edi.

Shunday qilib, bu yilgi Oskar mukofotining qolgan nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni keltiramiz:

  • “eng yaxshi erkak roli” - Rami Malek, “Bogem rapsodiyasi” filmida Freddi Merkyuri roli uchun.
  • "eng yaxshi ayol roli " — Oliviya Kolman, "Favoritka" filmida bosh roli uchun;
  • "xorijiy tildagi eng yaxshi film " — meksikaning "Roma" kartinasi. U Mexikoda 1970-yillarda oddiy oila hayotini aks etgan;

Qayd etish joizki so‘nggi 30-yil davomida “Oskar” mukofotini topshirish marosimi ilk bor boshlovchisiz o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0