Urgutda ayanchli hodisa: yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

CC0 / pixabay / Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto
Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi.

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumani "Do‘stlik" mahallasi Yangiariq ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Qayd etilishicha, 2019-yilning 22-fevral kuni soat 02 dan 01 daqiqa o‘tganda Samarqand viloyati Urgut tumani "Do‘stlik" mahallasi Yangiariq ko‘chasidagi 89-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Urgut tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlikda 6 ta asosiy va 1 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida 89-uyning 150 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda qo‘shni 102-uyning 15 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonida 89-uy egasi, rafiqasi, qizi, nabiralari yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilgan. Ulardan biri kuyish tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan, ahvoli qoniqarli (10 foiz kuyish tan jarohati olgan).

“Yong‘inni o‘chirish vaqtida 89-uy egasining farzandlari 1980 y.t. X.U., 1986 y.t. O.U., kelini 1993 y.t. Sh.E., nabiralari 2013 y.t. Sh.Z. va 2018 y.t. Sh.Z.larning kuygan holdagi jasadlari topilgan”, - deyiladi xabarda.

© Otdelenie po sotrudnichestvu so SMI GUPB MVD Respubliki UzbekistanSamarqand viloyati Urgut tumani "Do‘stlik" mahallasi Yangiariq ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi.
Urgutda ayanchli hodisa: yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati Urgut tumani "Do‘stlik" mahallasi Yangiariq ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0