Turkiyada ko‘p qavatli uy quladi, odamlar vayronalar ostida – video

© REUTERS / Huseyin AldemirRuxnuvshiy dom v Stambule
Ruxnuvshiy dom v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qutqaruv operatsiyasida turli idoralarning 500 yaqin xodimlari ishtirok etmoqda. Turkiya prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Internet foydalanuvchilari Istanbulning Kartal tumanida sakkiz qavatli bino qulashi aks ettirilgan videoni ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylashtirishdi.

Voqea sodir bo‘lgan payt ko‘chada ko‘p yo‘lovchilar bo‘lgan.

​So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 tadan ziyod kishi esa turli darajadagi jarohat olgan.

CNN Turk ma’lum qilishicha, hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda. Vayronalar ostidan odamlarni qidirish davom etmoqda.

Binoda 14 ta xonadon istiqomat qilgan. 43 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Vayronalar ostida kamida 5 ta avtomobil qolib ketganligi aytilmoqda.

Qutqaruv operatsiyasida turli idoralarning 500 yaqin xodimlari ishtirok etmoqda. Turkiya prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Yangiliklar lentasi
0