Besh yoshli o‘zbekistonlik bolakay Moskvada oltin medal oldi

© IA "Jaxon"Muxammadusuf Anvarov
Muxammadusuf Anvarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh yoshli o‘zbekistonlik bolakay Moskvada mental arifmetika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan olimpadada oltin medal oldi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Besh yoshli o‘zbekistonlik bolakay Moskvada mental arifmetika bo‘yicha  bo‘lib o‘tgan umumrossiya musobaqasida oltin medal sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agenetligi.

IV Umumrossiya mental arifmetika musobaqasiga butun dunyodan 500 dan ortiq 5-13 yoshli iqtidorli bolalar jamlanishdi. Musobaqa shartiga ko‘ra  “kichik geniy”lar 8 daqiqa ichida 200 dan ortiq arifmetik mashqlarni bajarishlari kerak edi.

O‘zbekistonlik 5 yoshli Muxammadusuf Anvarov o‘z qobiliyati bilan hay’at a’zolarini taajubga soldi. U boshlang‘ich kategoriyada (Beginner) oltin medal sohibi bo‘ldi.

Uzbekskie shkolniki poluchili 15 medaley na mejdunarodnoy matematicheskoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 15ta medal olishdi

Hay’at a’zolari aytishiga qaraganda, Muhammadusuf yecha olgan misollarni har qanday katta yoshli kishi ham yecha olmaydi. Mental arifmetika bir vaqtning o‘zida inson miyasining ikkala yarim sharlarini ham rivojlantiradi.

Chempionning onasi Nozima Anvarova ushbu yutuqlar uchun Muhammadusufning o‘qituvchisi Elmira Arapovaga minnatdorlik bildirdi.

Aytish joizki, bu  Muhammadusufning birinchi g‘alabasi emas. Mental arifmetika bo‘yicha 2018-yilning may oyida bo‘lib o‘tgan musobaqada ham u yubirinchilikni egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0