Qozog‘istonda yana avtobus buzildi: 40 nafar o‘zbekistonlik muzlab qolishiga oz qoldi

Obuna bo‘lish
Avtobus haydovchisi transportdagi texnik nosozliklar tufayli trassada to‘xtashga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. “Ostona-Petropavlovsk” yo‘lida yo‘lovchi tashish avtobusi buzildi. Undan 40 nafar o‘zbekistonlik va ikki nafar qozog‘istonlik haydovchilar qutqarib qolindi. Bu haqda Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobus “Sariagash-Yekaterinburg” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlayotgan bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar isinish uchun Kogam qishlog‘idagi maktabga olib borildi.

© tengrinews.kzAvtobus na doroge
Qozog‘istonda yana avtobus buzildi: 40 nafar o‘zbekistonlik muzlab qolishiga oz qoldi - Sputnik O‘zbekiston
Avtobus na doroge

Xabarda aytilishicha, jabrlanganlar yo‘q, tibbiy yordam hech kimga kerak bo‘lmadi.

O‘tgan haftada Qozog‘istonda shunga o‘xshash holat yuz bergandi. Avtobus nosozlik tufayli trassada to‘xtab qolgan. Avtobusda 54 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.

Shu kunlarda Qozog‘istonda keskin sovuq tushdi. Respublikaning ko‘p qismida havo harorati minus 45 darajaga pasaydi. Shuning uchun Ostonada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘llar yopib qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0