O‘zbekistonda pivoni barcha do‘kon va mehmonxonalarda xarid qilsa bo‘ladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil qilinadi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida​”gi prezident farmoni qabul qilindi.

«Mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek, mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi bo‘lmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin», - deyilgan hujjatda.

Bundan tashqari, alkogol va tamaki mahsulotlarining ta’lim, sport va diniy muassasalardan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ikki yuz metrdan ortiq radiusda joylashgan savdo obyektlarida, shuningdek, umumiy savdo maydoni ming kvadratmetrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilonlarida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Yangiliklar lentasi
0