Magnitorgorskda 8 kishini qutqargan qahramonga vazir nomidan qimmatbaho sovg‘a topshirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasida Olamafruz Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasida Olamafruz Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik qahramon taqdirlandi

Xabarda keltirilishicha, Bosh konsulxonadagi uchrashuvga Rossiyada vaqtinchalik bo‘lib turgan hamurtlar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, Sverdlovsk viloyatidagi o‘zbek diasporasi rahbari Zokir Allabergenov ham taklif etilgan.

“Uchrashuv yakunida Olamafruz Abdullayevga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi faxriy yorlig‘i topshirildi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan uning 7-fevralda uchib ketishi uchun Yekaterinburg-Toshkent reysiga bepul bilet ajratildi”, - deyiladi xabarda.

© MID UzbekistanaV Generalnom konsulstve Uzbekistana v g.Yekaterinburge (Rossiya) proshla vstrecha s Olamafruzom Abdullayevim
Magnitorgorskda 8 kishini qutqargan qahramonga vazir nomidan qimmatbaho sovg‘a topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston
V Generalnom konsulstve Uzbekistana v g.Yekaterinburge (Rossiya) proshla vstrecha s Olamafruzom Abdullayevim

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning so‘nggi kunida Magnitogorsk shahrining Karl Marks ko‘chasida maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning podyezdlaridan biri qulab tushishi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan edi. Voqea joyiga qutqaruvchilardan oldin o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayev yetib kelib, sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0