O‘zbekistonga Volga bo‘yidan sovuq antisiklon kirib kelmoqda

© Sputnik / Rostislav Netisov / Mediabankka o‘tishPredpriyatie lesopromishlennogo kompleksa "Berdskiy lesxoz"
Predpriyatie lesopromishlennogo kompleksa Berdskiy lesxoz  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikaning ba’zi tumanlarida yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘lishi va shamol kuchayishi kutilmoqda

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekiston hududiga ushbu hafta boshida Volga bo‘yidan salqin va nam havo oqimi kirib keladi, deb xabar qildi "O‘zgidromet" matbuot-xizmati.

Otdixayushie v parke iskusstv Muzeon v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Anomal jazirama! 2019-yilda qanday ob-havo kuzatiladi - olimlar prognozlari

Bugun 5-fevral kuni respublikada yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamol tezligi soniyasiga 15-20 m, ba’zi joylarda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

Havo temperaturasi 5-fevral kuni 0-5 gradusgacha tushadi, ba’zi joylarda 2 gradusgacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

6 fevralga kelib yog‘ingarchilik aksariyat hududlarda to‘xtaydi, faqatgina Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kam miqdorda qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi -2 - +3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Hafta yakuniga kelib yog‘ingarchiliklarsiz ob-havo kuzatiladi. 7-fevral kuni havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘lishi mumkin. 8-fevral kuni 2-7 daraja sovuq, kunduzi - 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

9 fevraldan 10-fevralga o‘tar kechasi yana yog‘ingarchilik kuzatiladi. Oqshom havo harorati 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa havo harorati 3-8 daraja ilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0