Isroilda muazzin bodibilder internetdagi ochiq surati tufayli masjiddagi ishidan ayrildi

© REUTERS / Ammar AwadIbraxim Al-Masri
Ibraxim Al-Masri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroildagi al-Jazzar masjidida odamlarni namozga chaqiruvchi muazzin (so‘fi) Ibrahim Masri sport zalda tanasini yalang‘ochlab tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda joylashtirgani uchun ishdan haydaldi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Isroilning Akko shahrida joylashgan al-Jazzar masjidida odamlarni namozga chaqiruvchi muazzin (so‘fi) Ibrahim Masri sport zalda tanasini yalang‘ochlab tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda joylashtirgani uchun ishdan haydaldi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, Masri ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarni IIVdan oladi. Unda diniy shaxsning tanasini yalang‘ochlab, ichki libosda ommaga ko‘rinish berishi qoida buzarlik va ishdan haydalishi uchun shubhasiz asos bo‘ladi, deb yoziladi.

© REUTERS / Ammar AwadIbraxim Al-Masri
Isroilda muazzin bodibilder internetdagi ochiq surati tufayli masjiddagi ishidan ayrildi - Sputnik O‘zbekiston
Ibraxim Al-Masri

Aytish joizki, gap uning uch yil oldin bodibilding bo‘yicha Isroil chempionatidagi ishtiroki haqida borgan. Ushbu musobaqada u g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Ishdan bo‘shatishdan oldin yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda u islom dini sport bilan shug‘ullanishni taqiqlamasligini aytib o‘tadi. Akko shahrining musulmon aholisi ham o‘zlarining muazzinlarini qo‘llab-quvvatlashadi. Ular Masrining yoqimli ovozi borligini aytib, tarafini olishadi.

Biroq bularning hammasi e’tiborga olinmaydi.

46 yoshli Ibrahim Masri 15-yil davomida masjid minorasidan turib musulmonlarni namozga chorlagan.

Yangiliklar lentasi
0