Mashhur futbolchi uchgan samolyot parchalari topildi

© twitter.com/FCNantesPlakat v chest propavshego futbolista Emiliano Sala
Plakat v chest propavshego futbolista Emiliano Sala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘qolib qolgan samoyot bortida ikki kishi bo‘lgan – argentinalik hujumchi Emiliano Sala va uchuvchi Devid Ibbotson.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Bortida “Kardiff Siti” futbolchisi Emiliano Sala bo‘lgan yo‘qolib qolgan yengil motorli samolyot topildi.

Futbolniy match mejdu sbornimi Uzbekistana i Avstralii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek futboli yulduzi Osiyo kubogidan so‘ng 10 ming dollar jarimaga tortildi

Sky News telekanalining ma’lum qilishicha, samolyot parchalari qidiruvchi kema yordamida La-Mansh bo‘g‘ozi tubida topilgan.

Ushbu xabar futbolchining hamda uchuvchi Devid Ibbotsonning qarindoshlariga yetkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 22-yanvar kuni Fransiyaning Nant shahridan Uelsning Kardiff shahriga yo‘l olgan yengil bir motorli Piper Malibu samolyoti radarda ko‘rinish bermay qolgan edi. Argentinalik hujumchi Emiliano Sala “Nant” klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashib, Angliyaning “Kardiff” klubi safiga qo‘shilish uchun yo‘lga chiqqan edi. Uning transferi 19 million dollarni tashkil etgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yo‘qolib qolgan samoyot bortida ikki kishi bo‘lgan – Emiliano Sala va uchuvchi Devid Ibbotson.

Yangiliklar lentasi
0