Dog‘istonda ikkita savdo markazi yonib ketdi

© © Sputnik/ Konstantin ChalabovPojarniy, arxivnoe foto
Pojarniy, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

TOShKENT, 1 fev - Sputnik. Dog‘istonning Kizlyar shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikkita savdo markazi yonib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti shahar ma’muriyati vakiliga tayanib.

“Ikkita bino yonib ketdi – bu "Planeta lyuks" va "Soyuz" savdo markazlari. Shuningdek, ular yonida joylashgan bir necha kichik do‘konlar ham zarar ko‘rdi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Rossiya FVVning ma’lum qilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida 7 ming kvadrat maydondagi yong‘in o‘chirilgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hech kim zarar ko‘rmagan.

Yangiliklar lentasi
0