O‘zbekiston zobitlari Rossiyada zamonaviy jang uslublarini o‘rganadi

© Sputnik / Aleksandr KondratukAntiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS "Mirnaya missiya-2018"
Antiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Markaziy Harbiy okrugida o‘zbekistonlik zobitlar zamonaviy jang uslublarini, xususan uchuvchisiz apparatlarga qarshi kurash bo‘yicha tayorgarlikdan o‘tadi.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zebkiston Qurolli kuchlarining 30ga yaqin zobitlari Chelyabinsk viloyatidagi tank diviziyasida maxsus harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi, deb xabar qildi Rossiya Markaziy harbiy okrugi (MHO) qo‘mondoni general-leytenant Aleksandr Lapin, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

“Xalqaro harbiy hamkorlik rejasiga asosan, O‘zbekistonning 27 nafar zobitlari, ushbu yilning fevral-may oylarida Chelyabinsk viloyatida ural tank diviziyasi asosida stajirovkadan o‘tadi”, - dedi Lapin.

MHO qo‘mondoni aytishiga qaraganda mashg‘ulotlarda qo‘shinlarning yangi jang uslublariga qarshi kurashga alohida e’tibor beriladi. Xususan, uchuvchisiz apparatlarga va diversion guruhlarga qarshi kechasi va kunduzi kurash olib borishga.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi ishtirokida malaka oshirish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan edi. Tadbir doirasida okrug, birlashmalar va bo‘linmalarni boshqarish amaliy namoyish etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0